Kyaer Daniya terma jamoasida rekord qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19
"Milan" himoyachisi Simon Kyaer o'yinlar soni bo'yicha Daniya terma jamoasi rekordchisiga aylandi.
Daniya sardori San-Marinoga qarshi o'yinda maydonga tushdi, bu himoyachining jamoasi libosidagi 130-o'yini bo'ldi. Avvalroq bu rekord 129ta o'yin o'tkazgan "Manchester Yunayted"ning afsonaviy darvozaboni Peter Shmeyxelga tegishli edi.
2024 yilgi Evropa chempionati saralash bosqichining sakkizinchi turidan o'rin olgan uchrashuv 2:1 hisobida daniyaliklar foydasiga hal bo'ldi. Kasper Yulman jamoasi 19 ochko bilan Sloveniya terma jamoasi bilan birinchi o'rinni bo'lishib turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!