Levandovski o'rniga o'rinbosar topildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 66
"Barselona" "Manchester Siti" hujumchisi Xulian Alvaresni o'z safiga qo'shib olmoqchi, deb xabar beradi Diario Sport.
Manba bergan xabarga ko'ra, Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes argentinalik forvardga muxlislik qiladi va yaqin orada u bilan birga ishlamoqchi.
23 yoshli futbolchining "shaharliklar" bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali uni 80 million evroga baholamoqda, ammo OAV xabarlariga ko'ra, uning shartnomasida tovon puli 50 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!