Italiya 2006 yildan buyon ilk bor Evropa chempionati saralashida safarda imkoniyatni boy berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
Italiya terma jamoasi Londondan uyga omadsiz qaytdi - inglizlar tomonidan ular 1:3 hisobida mag'lub etildi. Luchano Spaletti shogirdlari dastlab hisobda oldinga chiqib olishga muvaffaq bo'lishdi, ammo keyin o'z darvozalaridan uchta gol o'tkazib yuborishdi.
Ma'lum bo'lishicha, bu 2006 yildan beri italiyaliklarning Evropa chempionati saralash bosqichidagi safar o'yinidagi ilk mag'lubiyati bo'ldi, o'shanda italiyaliklar jahon chempioni sifatida Frantsiya termasiga mag'lub bo'lgan. Shundan so'ng, "Skuadradzurra" ketma-ket yigirma ikkita mag'lubiyatsiz natijaga erishdi - o'n etti g'alaba va besh durang.
Italiya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvida Shimoliy Makedoniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.