Dzanolo "Aston Villa" rahbariyatiga noqonuniy pul tikishlar bo'yicha tushuntirish beradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42
"Aston Villa" klubi va Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Nikolo Dzanolo Birmingem klubi rahbariyati bilan uchrashib, futbolchining noqonuniy platformalarda pul tikishda ayblanayotgani bilan bog'liq shov-shuvli vaziyatni muhokama qiladi, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport nashri.
Manbaga ko'ra, "Aston Villa" Dzanoloning aybsizligiga ishonadi, biroq uning bu holat bo'yicha pozitsiyasini tinglamoqchi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq OAVda Dzanolo noqonuniy pul tikishda ishtirok etgani haqida xabar berilgandi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Korona xabar berdi, uning so'zlariga ko'ra, futbolchi haqiqatda garovlar bo'yicha o'ynaganini tasdiqlovchi ma'lumotlarga ega. Jurnalist allaqachon huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikni boshlagan.