"Nyukasl" ustozi Angliya terma jamoasini boshqarishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52
Angliya futbol assotsiyatsiyasi "Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xauni mamlakat terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Garet Sautgeytning o'rniga nomzod sifatida jiddiy ko'rib chiqmoqda. Bu haqda 90min nao'shri xabar bermoqda va Sautgeytning "Uch sherlar" boshqaruvchisi sifatidagi kelajagi hali ham noaniq. Chunki, murabbiy o'zining kelajagi borasida hali bir qarorga kelmagan.
Eslatib o'tamiz, Xau qo'l ostida "Nyukasl" so'nggi 20 yil ichida ilk bor UEFA Chempionlar ligasiga yo'llanma oldi va hozirda “o'lim guruhi” – “F” guruhida ancha yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Mutaxassisning “Nyukasl” bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Sautgeyt qo'l ostidagi Angliya termasi beshta o'yindan buyon birorta ham mag'lubiyat alamini totib ko'rmay, saralash bosqichida "C" guruhida peshqadamlik qilmoqda. Bugun “Uch sherlar”ni “Uembli”da Italiya jamoasi bilan qiyin uchrashuv kutib turibdi.