Eldor Shomurodovning narxi — 50 mln evro?!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 900
Oldinroq "Galatasaroy" hamyurtimiz Eldor Shomurodovga qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergandik.
«Rostov» rahbariyati va murabbiylar shtabi Eldor Shomurodovni sotmoqchi emas. Jamoa bosh murabbiyi Valeriy Karpinning ta'kidlashicha, faqat juda katta mablag' — ellik million evro taklif etilgan taqdirda ushbu transfer haqida o'ylash mumkin.
«Shomurodovga jiddiy klublar qiziqish bildirmoqda? Biz — klub prezidenti va murabbiylar shtabi allaqachon o'z fikrimizni bildirib bo'lganmiz — «Rostov» hech kimni sotmaydi. Ammo ertaga 50 million (evro) taklif qilishsa, shaxsan o'zim qaysidir futbolchini qo'lidan etaklab olib borib berishim mumkin», — deydi Karpin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!