Karvaxal Xolandni Ispaniya qanday qilib to'xtatganini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
Ispaniya terma jamoasi qanot himoyachisi Dani Karvaxal Evropa chempionati-2024 saralash bosqichi doirasidagi Norvegiya terma jamoasi ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi. "Qizil furiya" 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
“Himoyada ixcham o'ynashga harakat qildik. Erling Xolandga to'pni bemalol qabul qilmaslikka harakat qildik. A'lo darajada o'ynagan markaziy himoyachilarimizni alohida ta'kidlash kerak", - dedi futbolchi.
Kechagi muvaffaqiyat evaziga Ispaniya terma jamoasi 2024 yilgi Evropa chempionati yo'llanmasini kafolatladi. Saralash yakunlanishiga ikki tur qolganida “qizil furiya” o'z guruhida 15 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!