O'zbekiston boks federatsiyasi Osiyoda tengsiz deb topildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17
Xabaringiz bor, kuni kecha Tailand davlatining Bangkok shahrida Osiyo boks konfederatsiyasining navbatdan tashqari kongressi bo'lib o'tdi.
Ushbu Kongressda kun tartibi bo'yicha Osiyo boksi atrofidagi turli masalalar ko'rib chiqilishi bilan birgalikda, 2022-yilda Osiyo mintaqasida bo'lib o'tgan barcha musobaqalar hisobotlari taqdim etildi.
Eng quvonarlisi, O'zbekiston boks federatsiyasi, o'tgan 2022-yil hisobidan medallar jamg'arish bo'yicha Osiyo qit'asining “Yil federatsiyasi” deya tan olindi va Osiyo boks konfederatsiyasi tomonidan maxsus mukofoti topshirildi.
Ushbu mukofotni O'zbekiston boks federatsiyasi raisi maslahatchisi Malik Babaev qabul qilib oldi.
Manba: O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatiFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!