Umtiti nima uchun Saudiya klubiga o'tmaganini tushintirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19
Hozirda Frantsiyaning "Lill" klubi markaziy himoyachisi Samuel Umtiti ortda qolgan 4 yil u uchun juda qiyin o'tganini ta'kidladi.
“O'tgan to'rt yil davomida boshimdan kechirgan voqealardan so'ng, men futbolga hurmatimni saqlagan holda, Saudiya Arabistoniga bora olmadim. Shu bois Frantsiyaga qaytdim.
"Lion"ga qaytishni istardim. Aloqalar bor edi, lekin yakunda meni istagan klubga (Lill) o'tdim va bundan juda xursandman. Menga Evropada o'ynashim va o'zimning eng yaxshi formamga qaytishim mumkin bo'lgan klub kerak edi”, - dedi 29 yoshli frantsuz.
Bu mavsumda Umtiti Frantsiya chempionatining 3 ta o'yinida ishtirok etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!