Ronaldu dubl qayd etish bo'yicha Messiga yaqinlashib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2024 yilgi Evropa chempionati saralash bosqichi doirasida Slovakiya terma jamoasiga qarshi o'yinda ikkita gol urdi.
38 yoshli hujumchi uchun bu dubl faoliyatidagi 153-dubl bo'ldi. Bu ko'rsatkich bo'yicha Krishtianu 156 dublm qayd etgan argentinalik forvard Lionelm Messiga yaqin turibdi.
Eslatib o'tamiz, Portugaliya va Slovakiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 3:2 hisobida portugallarning g'alabasi bilan yakunlangan edi. Ushbu muvaffaqiyat evaziga Portugaliya terma jamoasi Germaniya futbol maydonlarida bo'lib o'tadigan 2024 yilgi Evropa chempionati yo'llanmasini o'ziga kafolatladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!