"Bavariya" tezroq De Ligt safga qaytishini istamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
Dayo Upamekano jarohati tufayli oktyabr oyining qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin.
"Bavariya" himoyachisi "Frayburg"ga qarshi o'yinda (3:0) jarohat oldi. Associated Prsss xabariga ko'ra, futbolchi bir necha hafta maydonga tusha olmaydi va ehtimol 4 noyabrgacha tuzalmaydi.
Myunxenliklar Matteys de Ligtning tezroq safga qaytishiga umid qilmoqda. Kecha u yugurish mashqlarini boshladi. Klub himoyachining 21 oktyabr kuni "Maynts" bilan o'yinda maydonga tushishi haqida optimistik fikrda, deya qayd etadi jurnalist Kerri Xau.
Upamekano joriy mavsumda Bundesligada 7 ta o'yin o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!