A Seriyada narxi eng ko'p pastlagan futbolchi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
Transfermarkt portali narxlari so'nggi marta yangilangandan so'ng Italiya A Seriyasida eng arzonlagan futbolchilar reytingi chiqdi.
Reytingning peshqadami «Yuventus» yarim himoyachisi Filip Kostich bo'ldi. Uning narxi darhol 7 million evroga tushib ketdi va hozir serb 15 millionga baholangan.
Keyin olti futbolchida narxlar 5 million evroga pastlagan - «Roma» vakillari Temmi Abraxam (35 million) va Lorentso Pellegrini (30 million), «Milan» himoyachisi Per Kalyulyu (25 million), «Latsio» yarim himoyachisi Matteo Genduzi (20 million), «Milan»ga tegishli «Bolonya» futbolchi Aleksis Salemakers (10 million) va «Jenoa» yarim himoyachisi Ruslan Malinovskiy (10 million).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!