Maguayr London klubiga o'tishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52
"Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayr yozgi transferlar vaqtida "Vest Xem"ga jiddiy qiziqish bildirayotgan edi. Biroq futbolchi “qizil iblislar” safida qoldi. Maguayr bu borada fikr bildirdi.
"Vest Xem"ga o'tish imkoniyati klublar va men o'rtasida kelishilmagan. "Vest Xem" - katta klub, ammo bor e'tiborimni "Manchester Yunayted"ga qaratganman va o'z o'rnim uchun kurashmoqchiman", - deya Maguayrning so'zlarini keltirgan taniqli jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqda.
"Manchester Yunayted" ayni damda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 10-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!