Indoneziya Saudiya Arabistonining JCh-2034 uchun asosiy raqibiga aylanishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
Indoneziya futbol assotsiatsiyasi rahbari 2034 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionatini o'tkazish uchun qo'shma ariza bo'yicha faol muhokamalar o'tkazilayotganini tasdiqladi.
RMC Sport nashrining xabar berishicha, Indoneziya, Avstraliya, Malayziya va Singapur mundialga mezbonlik qilish huquqi uchun birgalikda kurash olib boradi. Agar mamlakatlar taklif bo'yicha kelishib olishsa, u Saudiya Arabistonining 2034-yilgi futbol bo'yicha jahon chempionatini o'tkazish yo'lidagi asosiy raqobatchisiga aylanishi kutilmoqda.
Ma'lum bo'lishicha, Indoneziya ushbu musobaqani Avstraliya bilan birgalikda o'tkazishi mumkin. Avvalroq Saudiya Arabistoni beshta potentsial mezbonlar orasida birinchi bo'lib o'z taklifini topshirgan edi.