Xanchjou-2022, karate. Shahrizoda Ismatillaeva yarim finalga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlarining so'nggi kunida karatechimiz Shahrizoda Ismatillaeva bahslarda ishtirok etmoqda.
Ayollar o'rtasida eng engil vazn (-55 kg)dagi hamyurtimiz ikkinchi jangida g'alaba qozondi. Shahrizoda chorak finalda makaolik Vay Man Fongga qarshi dayanga chiqdi. Vatandoshimiz jang o'rtalarida hisobni 8:0 ga etkazdi va bahsni muddatidan avval yakunladi.
Ismatillaeva yarim finalda taypeylik Shuang Shiau Guga qarshi jang qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!