Mirjalol Qosimov: «Haqli g'alabaga erishdik»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
Superliga 21-turidan o'rin olgan OKMK – «So'g'diyona» (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Qiziqarli uchrashuv bo'ldi. Yomon harakat qilmadik. Vaziyatlar bor, kurashlar bor, ammo golga aylantirishda oqsayapmiz. Qarshi hujumda to'p o'tkazib yuborganimiz biroz ranjitdi. Ikkinchi taymdagi epizod ham 3 marta keraksiz edi, penalti, qizil kartochka va gol. Maydonda 10 kishi qolganimizga qaramasdan, oxirigacha kurashdik va haqli tarzda g'alaba qozondik. Yo'qotishlar, muammolar etarli, o'ylashimcha, vaziyatdan chiqib ketamiz» – dedi Qosimov.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!