FIFA "Lion" transferini takshiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 60
FIFA qanot hujumchisi Ernest Nuamaning "Lion"ga o'tishini tekshiradi, deb xabar beradi L'Equipe.
Manbaning xabariga ko'ra, tergov Frantsiyaning bir necha klublari so'roviga javoban boshlanadi.
Yozgi transfer oynasida 19 yoshli ganalik vinger Daniyaning "Norsheland" klubidan Belgiyaning "Molenbek" klubiga 25 million evro evaziga o'tgandi. Bu kelishuv Belgiya chempionati uchun rekord bo'ldi. Transferdan so'ng darhol Nuama "Lion"ga ijaraga berildi.
"Molenbek" va "Lion"ning egasi bir - Eagle Football.
Joriy mavsumda Nuama “Lion” safida 4ta o'yin o'tkazib, birorta ham gol urmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!