Neymar Erondagi stadion chimidan hayratda qoldi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 606
Neymarni Osiyo chempionlar ligasidagi raqibi stadionidagi chim hayratda qoldirdi.
“Al-Hilol” Osiyo chempionlar ligasida safarda Eronning “Nassaji” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. O'yin 3 oktyabr kuni "Ozodi" stadionida bo'lib o'tadi.
Saudiya Arabistoni chempionati haqidagi xabarlarni frantsuz tilida yorituvchi akkauntda Eron jamoasi stadionidagi chim sifati pastligi aks etgan video chop etildi.
Seshanba kuni “Nassaji” va “Al-Hilol” uchrashuvi o'tkaziladigan “Ozodi” stadioni. Falokat”, deyiladi videoning tagida.
"Bu mumkin emas", deb yozgan Neymar tvit ostidagi izohlarda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!