Balotelli Neymardan texnikasi kuchli futbolchini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 65
Italiyalik futbolchi, hozir Turkiyada to'p tepayotgan Mario Balotellining fikricha, ilgari "Milan" va "Inter"da to'p tepgan marokashlik yarim himoyachi Adel Taarabt texnikasi bo'yicha braziliyalik Neymardan ustunroq. Taarabt hozirda "Benfika"da o'ynaydi:
- Taarabt texnik jihatdan Neymardan yaxshiroq, nazarimda. Neymar, albatta, mutlaq fenomen, lekin texnika haqida gapiradigan bo'lsak, menimcha, Taarabt kuchliroq bo'ladi", - deya Balotellining so'zlarini keltiradi RMC Sport.
Eslatib o'tamiz, Neymar "Barselona" va "PSJ"da o'ynashga muvaffaq bo'lgan va hozirda Saudiya Arabistonida to'p tepmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!