Fayzullaevni yana e'tirof etishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 80
«Dinamo»ning sobiq selektsioneri Aleksandr Tilman TsSKAga yangi kelgan Abbosbek Fayzullaevning o'yini haqida gapirdi.
«Bo'yi past yigit, unchalik kuchli emas, lekin ayni paytda tez va texnar. U kurashdan umuman qochmaydi va g'alaba qozonadi.
Uning yoshi, fazilatlari va O'zbekiston terma jamoasidagi o'yini tufayli o'sish uchun salohiyat mavjud», - deya Tilmanning so'zlarini keltiradi Legalbet.
Mutaxassis bunday transferni amalga oshirishda tavakkal qilgan TsSKAning jasoratini alohida ta'kidladi.
Tilmanning fikricha, ayni damda Fayzullaev klubga katta foyda keltirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!