Boateng bugun jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 53
Himoyachi Jerom Boatengning «Bavariya»dagi transferi yakunlanmoqda.
Jurnalist Kerri Xouning ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishicha, bugun, 1 oktyabr kuni 35 yoshli futbolchi jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etishni rejalashtirgan.
Tajribali futbolchining myunxenliklar bilan mehnat shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amalda bo'lishi kutilmoqda.
Boateng avval 2011 yildan 2021 yilgacha «Bavariya»da o'ynagan. Himoyachi myunxenliklar tarkibida 25 ta sovrinni qo'lga kiritdi. Shundan so'ng Jerom ikki mavsumni Frantsiyaning «Lion»ida o'tkazdi. Boateng hozirda erkin agent hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!