«Arsenal» etakchilarining kecha jarohat olgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36
«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta APL 7-turida «Bornmut» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (4:0) Bukayo Saka va Gabriel Jezusning jismoniy holati haqida fikr bildirdi.
Bu o'yinda Saka oyog'idan zarba qabul qilib olgach, 76-daqiqada almashtirildi. 22 yoshli futbolchi maydondan oqsoqlanib ketdi.
Artetaning aytishicha, Saka va Jezus aniq tashxis qo'yilishi uchun qo'shimcha tibbiy ko'rikdan o'tishlari kerak bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!