"Barselona" "Bayer" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50
Huquqlari Leverkuzenning "Bayer" klubiga tegishli bo'lgan 20 yoshli yarim himoyachi Florian Virts Ispaniya chempionatiga o'tishi mumkin. Bu haqda Todofichajes nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, iqtidorli futbolchining transferiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. "Bayer" futbolchini 100 million evroga baholamoqda, uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.
Germaniyaning joriy mavsumida yarim himoyachi beshta uchrashuvda qatnashib, bitta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!