"MYu"ning tibbiyot xodimlari Lisandro Martinesning jarohatini jiddiy deb o'ylamayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Lisandro Martines to'pig'idan olgan jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.
Jurnalist Samuel Lakxyorstning fikricha, argentinalik futbolchi "mankunianliklar"ning so'nggi ikki o'yinini o'tkazib yuborganiga qaramay, uning jarohati jiddiy hisoblanmayapti.
"Manchester Yunayted" tibbiyot xodimlarining prognozlari hamon optimistik. Martines qisqa muddatga safdan chiqishi kutilmoqda, ammo hozircha uning tiklanishi uchun aniq muddat yo'q.
Martines joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 5 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi 2022 yilning yozidan buyon "Manchester Yunayted"da o'ynamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!