Arteta Xaverts haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa hujumchisi Kay Xaverts haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz unga imkon qadar yordam berishga harakat qilamiz. Biz Kaydan o'z iste'dodidan foydalanishini istaymiz. Uning o'yinida yaxshi qiladigan ko'p narsalar bor. U biz bilan birga rivojlanishda davom etishi kerak", - dedi Arteta.
Eslatib o'tamiz, Xaverts yozgi transfer oynasida "Chelsi"dan "Arsenal"ga o'tgan edi. Joriy mavsumda Kay "kanonirlar" safida 8 ta o'yinda bitta ham gol ura olmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!