Milliy terma jamoamizda qaysi viloyatdan nechta futbolchi bor?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99
O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari orasida hozirgi kunda qaysi viloyat vakillari ko'pchilikni tashkil etishi haqida telegramdagi Samvel Karlenich kanali ma'lumot berdi.
Buning uchun O'zbekiston terma jamoasi safida kamida 1 ta o'yinda maydonga tushgan va oxirgi bir yil ichida terma jamoaga jalb etilgan 37 ta futbolchining tug'ilgan joyini o'rganib chiqildi.
Tahlil natijalariga ko'ra, Qashqadaryo viloyati Toshkent shahrini ortda qoldirdi va to'liq jadval quyidagicha ko'rinish oldi:
1. Qashqadaryo viloyati - 9 ta (Umar Eshmurodov, Sherzod Nasrullaev, Dilshod Saitov, Husniddin Aliqulov, Otabek Shukurov, Akmal Mozgovoy, Bobir Abdixoliqov, Alibek Davronov, Oybek Bozorov);
2. Toshkent shahri - 6 ta (Xojiakbar Alijonov, Abduqodir Husanov, Hojimat Erkinov, Jamshid Boltaboev, Sardor Sobirxo'jaev, Igor Sergeev);
3. Xorazm viloyati - 3 ta (Jaloliddin Masharipov, Jamshid Iskanderov, Vali Rahimov);
Namangan viloyati - 3 ta (Botirali Ergashev, Odil Hamrobekov, Aziz Turg'unboev);
Farg'ona viloyati - 3ta (Rustam Ashurmatov, Abror Ismoilov, Islom Qobilov);
Toshkent viloyati - 3 ta (Doston Hamdamov, Shahboz Umarov, Jasur Yaxshiboev);
Jizzax viloyati - 3 ta (Aziz G'aniev, Abduvohid Ne'matov, Ruslan Jiyanov);
4. Sirdaryo viloyati - 2 ta (Abbos Fayzullaev, Ibrohimxalil Yo'ldoshev);
5. Surxondaryo viloyati - 1 ta (Eldor Shomurodov);
Navoiy viloyati - 1 ta (Oston Urunov);
Samarqand viloyati - 1 ta (Farruh Sayfiev);
Andijon viloyati - 1 ta (Abdulla Abdullaev);
Turkiston viloyati (Qozog'iston) - 1 ta (O'tkir Yusupov).
Qiziq tomoni, 9 ta qashqadaryolik futbolchidan 4 nafari Koson tumanida tug'ilishgan.
Manba: https://t.me/SamvelKarlenich