"Yunayted" muxlislari uchun xushxabar!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106
Himoyachi Xarri Maguayr "Manchester Yunayted"ga Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turida "Bavariya"ga qarshi o'yinda yordam bermaydi.
Jurnalist Saymon Pichning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, Maguayr jarohati sabab maydonga tushmaydi. Seshanba kuni futbolchi hattoki jamoaning ertalabki mashg'ulotlarini ham o'tkazib yubordi.
2023/2024 yilgi mavsumda Xarri Maguayr "Manchester Yunayted"ning beshta o'yinidan faqat bittasida ishtirok etgan.
"Bavariya" va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi Chempionlar ligasi uchrashuvi 20 sentyabr, chorshanba kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!