Kuper "Chelsi" futbolchisining jamoaga moslashib ketganini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42
"Nottingem Forest" bosh murabbiyi jamoaning yangi a'zosi Kallum Xadson-Odoi haqida yuqori baho berdi.
22 yoshli yarim himoyachi transfer oynasining so'nggi soatlarida "Chelsi"dan "o'rmonchilar" safiga qo'shildi. Angliyalik futbolchi yangi jamoasi safida APLdagi ilk o'yinidayoq “Byornli” darvozasiga gol urishga muvaffaq bo'ldi (1:1).
“Men uning qobiliyati borligini bilaman, u o'z darajasini ko'rsata oladi va biz buni bugun ko'rdik. Bu uning uchun ham, biz uchun ham juda yaxshi.
So'nggi paytlarda u ko'p o'ynamadi, lekin mashg'ulotlarda yaxshi harakat qildi. Bugun imkon qadar yaxshi o'ynashi uchun uni qo'llab-quvvatlashga harakat qildim. U ajoyib gol urdi", - deya Kuperning so'zlarini keltiradi Fotmob.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!