Luis Enrike: "Klub biror narsaga berilib ketgan bo'lsa, bu yaxshi belgi emas"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45
"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi boshlanishidan oldin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Xabaringiz bor, parijliklar yil sayin qit'aning eng kuchli klub turnirida g'olib chiqishga intilishadi, ammo hozircha muvaffaqiyatga erisha olishmadi.
"Klub biror narsaga berilib ketgan bo'lsa, bu hech qachon yaxshi belgi emas. Hayotning istalgan sohasida vasvasaga emas, ambitsiyaga ega bo'lish kerak", — dedi Enrike matbuot anjumanida.
Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turida "PSJ" Dortmundning "Borussiya" klubini qabul qiladi. O'yin 19 sentyabr, seshanba kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!