"Brayton" argentinalik yosh iqtidorni nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
Huquqlari "Boka Xuniors"ga tegishli bo'lgan 19 yoshli argentinalik himoyachi Valentin Barko Angliya Premer-ligasida ishlash imkoniyatiga ega. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, istiqbolli futbolchining xizmatlariga "Brayton" qiziqish bildirmoqda. Avvalroq, matbuotda "Manchester Siti" Barkoni o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi, ammo kelishuv amalga oshmay qolgandi.
O'tgan mavsumda Valentin "Boka Xuniors" jamoasi safida 18 ta o'yinda qatnashib, bitta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!