"Barselona" 17 yoshli iqtidor uchun 30 million evro sarflashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 59
"Barselona" "Korintians" yarim himoyachisi Gabriel Moskardoga qiziqish bildirmoqda.
Kataloniya klubi yozda braziliyalik futbolchiga da'vogarlar qatorida edi, ammo "Korintians" 17 yoshli o'sib borayotgan yulduzni qo'yib yuborishni istamadi. Goal Brazil xabariga ko'ra, "Barselona" mutasaddilari yarim himoyachining o'yinlarini diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda, biroq rasmiy taklif bildirishdan oldin uni yaxshiroq o'rganishni rejalashtirishgan. Potentsial bitimning minimal qiymati 30 million evroga baholanmoqda. Futbolchi uchun kataloniyaliklar Londonning "Chelsi" jamoasi bilan kurashishi kerak bo'ladi.
Gabriel Moskardo Braziliya A Seriyasida ettita o'yin o'tkazdi
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!