Keyn Miroslav Klozening natijasini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36
“Bavariya” hujumchisi Xarri Keyn Bundesligada yana bir marotaba gol urdi.
30 yoshli futbolchi “Bayer”ga qarshi kechgan (2:2) bahsda ettinchi daqiqadayoq hisobni ochdi. Shu tariqa, OPTA qayd etganidek, ingliz futbolchisi Miroslav Klozedan keyin Bundesligadagi to'rtta boshlang'ich o'yinda to'rtta gol urgan birinchi futbolchi futbolchi bo'ldi. Mashhur nemis sobiq forvardi bunga 2007 yilda erishgan.
Eslatib o'tamiz, Keyn avvalroq “Augsburg”ga qarshi o'yinda dubl qayd etgan va “Verder” darvozasini 1 bor ishg'ol qilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!