"Roma" yulduzini maoshini oshirishni rejalashtirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48
"Roma" hujumchisi Paulo Dibala klub bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib boradi.
Argentinalik futbolchining rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, uning tovon puli xorijiy klublar uchun 12 million evroni ko'zda tutadi. Calciomercato xabariga ko'ra, "Roma" oktyabr oyida Dibala bilan yangi mehnat shartnomasi bo'yicha muzokaralar olib borishni rejalashtirmoqda. Ular 29 yoshli forvardga oshirilgan maosh taklif qilishga tayyor – hozirgi 4 million o'rniga yiliga 6 million evro. Bundan tashqari, tovon puli varianti ham olib tashlanishi kutilmoqda.
Paulo Dibala o'tgan yozda "Roma"ga o'tgan edi. Bu mavsumda futbolchi bir marta maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!