Balotelli Turkiyaga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 70
«Son» hujumchisi Mario Balotelli «Adana Demirspor»ga o'tdi, deb xabar bermoqda turk klubi matbuot xizmati.
33 yoshli italiyalik «1+1» tizimi bo'yicha shartnoma imzoladi. Balotelli 2021 yildan 2022 yilgacha «Adana»da o'ynagan.
U jamoada 35 ta o'yin o'tkazib, 19 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi, shundan so'ng «Son»ga o'tdi.
Bu mavsumda forvard umuman maydonga tushmadi. Balotelli avvalroq «Montsa», «Marsel», «Breshiya», «Nitstsa», «Liverpul», «Milan», «Manchester Siti» va «Inter» klublarida o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!