Ten Xag: «Umuman xabarim yo'q»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119
Antoni «Manchester Yunayted» mashg'ulotlaridan chetlatildi. Sababi, bir nechta zo'ravonlik voqealarida ayblanayotgan braziliyalik ustidan tergov olib borilmoqda.
«Qizil iblislar» bosh murabbiyi Erik ten Xag jurnalistlarni Antoni haqidagi hech qanday yangilik bilan xursand qilmadi.
«Antoni qachon qaytadi? Umuman xabarim yo'q. Albatta, hafsalamiz pir bo'ldi, lekin u yaxshi», - dedi Ten Xag jurnalistlarga.
«Manchester Yunayted» 16 sentyabr, shanba kuni Angliya chempionatining navbatdagi o'yinini o'tkazadi.
Erik ten Xag shogirdlari o'z maydonida «Brayton»ni qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!