"Real"ning "Nyukasl" futbolchisiga bo'lgan qiziqishi so'ndi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 58
"Nyukasl"ning braziliyalik yarim himoyachi Bruno Gimaraes "Real"ga o'tmaydi, deya xabar bermoqda Todofichajes nashri.
Manbaga ko'ra, 25 yoshli janubiy amerikalik futbolchi "qirollik klubi"ning transfer maqsadlari ro'yxatida yo'q.
Gimaraes 70 million evroga baholangan. Yarim himoyachining "Nyukasl" bilan shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida yarim himoyachi "Nyukasl" safida to'rtta o'yin o'tkazib, ikkita sariq kartochka oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!