Tyago Alkantara "Liverpul"ni Superliga klubiga almashishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 62
Ispaniyalik yarim himoyachi Tyago Alkantara "Liverpul"ni tark etib, Turkiya Superligasi klubiga o'tishi mumkin, deb xabar bermoqda AS jurnalistlari.
Manbaga ko'ra, tajribali futbolchining xizmatlariga "Trabzonspor" klubi qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o'zi bu klubga o'tishga qarshi emas. Turk klubi Alkantara bilan ikki yillik mehnat shartnomasini bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan imzolashga tayyor.
"Liverpul" o'z navbatida Tyago bilan xayrlashishni istamayapti. Mersisaydliklar ispaniyalik futbolchini mavsum oxirigacha olib qolmoqchi.
32 yoshli yarim himoyachi o'tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida 18 ta o'yinda maydonga tushdi va ikkita sariq kartochka oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!