Loftus-Chik: "Pioli yarim himoyada ustunlik qilishimni xohlaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
"Milan" yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik bosh murabbiy Stefano Pioli undan nimani talab qilishini tushuntirib berdi.
“Pioli yarim himoyada ustunlik qilishimni xohlaydi. O'ylaymanki, mening eng yaxshi fazilatlarimdan biri bu mening raqiblarni tezlik va jismoniy kuch bilan dribling qilish qobiliyatimdir. Bu men eng ko'p ishonadigan narsadir. Agar buni ko'rsata olsam, demak, ustunlik qilish uchun yaxshi imkoniyatga egaman", - deya Loftus-Chik so'zlarini keltirmoqda Calciomercato.
27 yoshli Loftus-Chik yangi Italiya A seriyasida uchta o'yin o'tkazib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!