«Chelsi» yarim himoyachisi: «Klub loyihasi menga juda yoqdi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
«Chelsi» yarim himoyachisi Koul Palmer nima uchun Maurisio Pochettino jamoasiga o'tishga qaror qilganini tushuntirdi.
Eslatib o'tamiz, angliyalikning «Manchester Siti»dan transferi «aristokratlar»ga 45 million evroga tushgan.
«Chelsi» menga o'z loyihasini taqdim etdi, bu menga juda yoqdi. Men klubga hissa qo'shishim mumkinligini his qildim.
Men jamoada bor-yo'g'i ikki kun bo'ldim: avvaliga juma kuni mashg'ulot o'tkazdim, keyin shanba kuni «Nottingem Forest»ga qarshi o'ynadim. Hozircha hech narsani baholay olmayman, buning uchun vaqt kerak», - dedi Palmer.
Palmer o'tgan mavsumda «Manchester Siti» bilan «oltin trebl»ni qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!