«Brentford» hujumchisi grand klubga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46
«Brentford» hujumchisi Ivan Touni faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Football.London.
Manbaga ko'ra, 27 yoshli angliyalik futbolchiga «Chelsi» da'vogarlik qilmoqda. Futbolchi 2024 yilning 17 yanvarigacha pul tikish qoidalarini buzgani uchun sakkiz oylik diskvalifikatsiyani o'tkazadi, biroq shu hafta oxirida mashg'ulotlarga qaytishi mumkin.
Avvalroq, hujumchi sportga ko'p pul tikkani uchun 8 oyga diskvalifikatsiya qilingani ma'lum bo'lgandi.
2017 va 2021 yillar oralig'ida Touni 232 marta pul tikish taqiqini buzgandi. Diskvalifikatsiya keyingi yilning yanvar oyida tugaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!