"Union" sardori: "Biz Bonuchchidan ko'p narsa o'rganamiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
"Union Berlin" sardori Danilo Duxining fikricha, italiyalik himoyachi Leonardo Bonuchchining klubga kelishi Chempionlar ligasida o'ynaydigan jamoaga katta yordam beradi. Bonuchchi Turinning "Yuventus" klubi rahbariyati bilan kelishmay qoldi, klubni tark etdi va endi Bundesligada o'ynaydi.
"Bu katta nom, boshida biz, futbolchilar rahbariyat uni taklif qilmoqchi ekanligiga ham ishonmagandik. U juda ko'p bor g'alaba qozongan, u afsona. O'ylaymanki, biz undan ko'p narsani o'rganamiz. U bizga Chempionlar ligasida katta yordam beradi, bizda u erda umuman tajriba yo'q", - deya Duxi so'zlarini keltiradi Italiyaning ITASportPress agentligi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!