Shotlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi "Nyukasl" hujumchisini o'z qarorgohida ko'rishdan xursand bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
Shotlandiya terma jamoasi ustozi Stiv Klark "Nyukasl" hujumchisi Xarvi Barns haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:
"Nima ham derdim, hammasi futbolchi istaklariga bog'liq. Agarda unda Shotlandiya uchun o'ynash imkoni bor ekan, demak, o'ynay oladi. Ammo buni Barns xohlashi kerak. Biz kimnidir majburlay olmaymiz. Ammo bizga jamoani kuchaytira oladigan futbolchilar kerak. Bu ish osonlikcha bo'lmaydi".
Oldinroq Xarvi Barns o'z xalqaro maqomini Angliyadan Shotlandiyaga o'tkazishni ko'rib chiqayotgani haqida xabar berilgan edi.
Manba: newsnow.co.ukFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!