Kolvill keyingi o'yinda Angliyada debyut qilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
"Chelsi" markaziy himoyachisi Levi Kolvill seshanba kuni Shotlandiyaga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinda Angliya terma jamoasi safida debyut qilishi mumkin. Bu haqda jurnalist Rob Dorsett xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, Kolvill mavsumni "Chelsi"ning asosiy markaziy himoyachisi sifatida boshlagan va shu tufayli Angliya terma jamoasiga chaqiruv olgan. Futbolchi Ukrainaga qarshi o'yinda maydonga tushmadi, ammo Shotlandiyaga qarshi o'yinda "uch sherlar" safida debyut qilish imkoniyati yuqori.
Yozda Kolvill Londonning “Chelsi” klubi bilan shartnomasini uzaytirdi, garchi unga Angliya premer-ligasining boshqa klublari, jumladan, “Liverpul”dan ham takliflar bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!