"Borussiya D" sobiq hujumchisi "Al-Ahli"ga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40
Hujumchi Entoni Modest “Al-Ahli” bilan shartnoma imzoladi, deya xabar beradi klub rasmiy sayti.
35 yoshli frantsuz bilan kelishuv 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi erkin agent sifatida shartnoma imzoladi.
Modest 1 iyul kuni Dortmundning "Borussiya"si bilan shartnomasi tugaganidan keyin erkin agentga aylangandi. O'tgan mavsumda u 29 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!