Pogba: "Tanqidchilarga kuchsiz emasligimni isbotlamoqchiman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
"Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogba o'ziga nisbatan tanqidlar haqida gapirdi.
Frantsuz o'tgan mavsumdagi o'yinlarning katta qismini jarohati tufayli o'tkazib yubordi va joriy mavsum boshlanishiga ham eng yaxshi formada yaqinlashmadi.
"Futbol shafqatsiz bo'lishi mumkin oldin kim bo'lishingizdan qat'i nazar, sizni juda tez unutish mumkin. Bugun siz ajoyib ish qilasiz, ertaga esa hech narsa emassiz. Tanqidchilarni o'z so'zlarini qaytarib olishga majbur qilmoqchiman, kuchsiz emasligimni isbotlamoqchiman. Ular men haqimda xohlagan narsani aytishlari mumkin, ammo men taslim bo'lmayman", - deya 30 yoshli futbolchining so'zlarini keltirgan Italiya OAVlari.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!