Gattuzo frantsuz klubini boshqarishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 51
Jennaro Gattuzo "Lion" bosh murabbiyligiga nomzodlardan biri.
Liga 1 klubi jamoa yangi mavsumni yomon boshlagan Loran Blanni almashtirish imkoniyatlarini o'rganmoqda. Footmercato xabariga ko'ra, "Lion"ning potentsial boshqaruvchilari ro'yxatiga Gattuzo qo'shildi, uning agenti Jorje Mendes klub xo'jayini Jon Tekstor bilan yaxshi munosabatda.
Jennaro Gattuzoning so'nggi ish joyi Ispaniyaning "Valensiya"si edi. Italiyalik mutaxassis shu yilning yanvar oyi oxirida "ko'rshapalaklar" boshqaruvidagi o'rnini tark etgandi.
“Lion” to'rt turdan so'ng bir ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida oxirgi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!