Flik Germaniya terma jamoasidan haydalgan ilk murabbiy bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 51
Germaniya futbol ittifoqi bugun milliy jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flikni iste'foga chiqardi. Bundestim ushbu mutaxassis qo'lostida ketma-ket 4 ta o'yinda mag'lubiyatga uchragani uchun shartnoma bekor qilindi.
Sky Sport Deutschland xabar tarqatishicha, shu paytgacha Germaniya terma jamoasini boshqargan hech bir murabbiy iste'foga chiqarilmagan edi. Murabbiylar shu paytgacha yo shartnoma yakunlaganidan keyin, yoki o'z ixtiyori bilan lavozimini topshirgandi.
Shu paytgacha Germaniya milliy jamoasini 10 murabbiy boshqargan: Otto Nerts, Zepp Xerberger, Xelmut Shen, Yupp Derval, Frants Bekkenbauer, Berti Fogts, Erix Ribbek, Rudi Feller, Yurgen Klinsmann va Yoaxim Lyov.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!