Tilemans yangi chaqiruvlarga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 60
«Aston Villa» yarim himoyachisi Yuri Tilemans o'zining yangi jamoasidagi o'yinlari haqida gapirdi.
«Emeriga «Aston Villa»ga ko'proq o'ynash uchun kelganimni aytdim. U meni tushunadi, lekin ayni damda o'tgan mavsumda o'ynagan futbolchilardan foydalanishni afzal ko'rmoqda.
U menga tez orada juda ko'p o'yinlar bo'lishini, keyin esa ko'proq o'yin amaliyoti berishini aytdi», - deya Tilemansning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidagi so'zlaridan iqtibos keltirdi jurnalist Fabritsio Romano.
Joriy mavsumda belgiyalik yarim himoyachi barcha turnirlarni hisobga olgan holda oltita uchrashuvda ishtirok etdi va gol ura olmadi.
Qayd etish joizki, Tilemans atigi bir marta asosiy tarkibda maydonga tushgan.
To'rt turdan keyin «Aston Villa» 6 ochko bilan Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida o'ninchi o'rinda bormoqda.