Laviya mashg'ulotlarda jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
«Chelsi» yarim himoyachisi Romeo Laviya mashg'ulotlarda jarohat oldi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, 19 yoshli belgiyalik futbolchining to'pig'i yirtilgani haqida xabarlar bor.
Eslatib o'tamiz, Laviya o'tgan yozda «Sautgempton»dan 62,1 million evro evaziga «Chelsi»ga o'tgan edi. Futbolchi haligacha «ko'klar» safida birorta rasmiy o'yin o'tkazmagan.
APLning to'rt turidan so'ng «Chelsi» 4 ochko bilan turnir jadvalida 12-o'rinda bormoqda. Londonliklar navbatdagi o'yinni 17 sentyabr kuni «Bornmut»ga qarshi o'tkazadi.
Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!