"Vilyarreal" va Raul kelishuv detallarini hal qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
"Vilyarreal" "Real Madrid" yoshlar jamoasini boshqarayotgan Raul Gonsalesni bosh murabbiylik lavozimiga jalb qilishda davom etmoqda. Jurnalist Fabritsio Romanoning fikricha, tomonlar yaqin orada yakuniy qaror qabul qilishlari kerak.
Eslatib o'tamiz, "Vilyarreal" mavsum boshida bir qator qoniqarsiz natijalari uchun bosh murabbiy Kike Setenni ishdan bo'shatgandi.
Avvalroq Raul "Real Madrid" asosiy jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga da'vogarlik qilgandi. Manbaning aytishicha, "qaymoqranglilar" rahbariyati Gonsales "Vilyarreal" taklifini qabul qilsa, uni qo'yib yuborishga rozi bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!